» » Xakasiyada besh kishini yoqib yuborgan fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Xakasiyada besh kishini yoqib yuborgan fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin


Rossiya tarkibidagi Xakasiya Respublikasi prokuraturasi besh kishini yoqib yuborgan 44 yoshli abakanlik erkakka nisbatan ayblov xulosasini tasdiqladi. “TASS”ning xabar berishicha, fuqaro uyni qasddan yoqib yuborishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.

“Xakasiya prokuraturasi Abakan shahrida istiqomat qiluvchi 44 yoshli fuqaroga nisbatan ayblov xulosasini tasdiqladi. U o‘ta xavfli tarzda, shafqatsizlarcha ikki va undan ortiq kishini qasddan o‘ldirishda ayblanmoqda. Sodir etilgan jinoyat uchun 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jinoiy ish Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 2-qismiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi o‘tgan yilning yozida shaxsiy adovati sababli ichida odamlar bo‘lgan yog‘och binoni yoqib yuborgan, jinoyatni sodir etgan vaqtida u mast bo‘lgan. Oqibatda besh kishi halok bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, jinoyat ishi Xakasiya Oliy sudiga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют