» » Toshkentda kuyov o‘zidan 14 yosh katta qaynotasini do‘pposladi. Endi u besh yilga qamalishi mumkin

Toshkentda kuyov o‘zidan 14 yosh katta qaynotasini do‘pposladi. Endi u besh yilga qamalishi mumkin


Toshkentda o‘z qaynotasini do‘pposlagan kuyov besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.

Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1988-yilda tug‘ilgan yigit tunda 1996-yilda tug‘ilgan rafiqasi bilan janjallashib qolgan.

Xabar berishlaricha, nizoga aniqlik kiritish maqsadida yigitning xonadoniga kelgan 1974-yilda tug‘ilgan qaynota bilan ham kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Oqibatda kuyov o‘z qaynotasini haqorat qiladi, uning yuzi, boshi va tanasining boshqa qismlariga urib, do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazadi.

Qayd etishlaricha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) 2-qismi “k” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur modda bo‘yicha ayblanuvchilar uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют