» » Chuvashistondagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik reanimatsiyaga tushdi

Chuvashistondagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik reanimatsiyaga tushdi


Rossiya tarkibidagi Chuvashistonda 24-noyabr, juma kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, ikki o‘zbekistonlik og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, sakkiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan mikroavtobus trassada MAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Taxminlarga ko‘ra, YTH mikroavtobusning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketishi oqibatida yuz bergan. Avariya bo‘lgan vaqtda kuchli qor yog‘ayotgan bo‘lgan.

Hodisa oqibatida mikroavtobusning 43 yoshli haydovchisi, Qozon shahrida istiqomat qiluvchi 37, 41 va 65 yoshdagi uch erkak va 28 yoshdagi bir ayol vafot etgan. 1991 yilda tug‘ilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi esa og‘ir ahvolda Novocheboksarsk shahar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Chuvashiston Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv sodir etgan mikroavtobus so‘nggi bir oy ichida 18 marta cheklangan tezlik tartibini buzgan edi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют