» » Samarqandcha palov pishirgan Habib Nurmagomedov, O‘zbekistondagi “Oskar” qo‘mitasi, Coca-Cola tomonidan ayblangan Namangan korxonasi va kunning boshqa xabarlari

Samarqandcha palov pishirgan Habib Nurmagomedov, O‘zbekistondagi “Oskar” qo‘mitasi, Coca-Cola tomonidan ayblangan Namangan korxonasi va kunning boshqa xabarlari


29-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda samarqandcha palov tayyorladi.

UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonga kelib, Samarqand palovini tayyorlashda ishtirok etdi.

***

“Oskar”ga o‘zbek filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi – O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi tashkil qilindi.

Shu yilning 1-oktabr kuni O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi tomonidan 2020-yilning 9-fevral kuni Los-Anjeles shahrining mashhur Dolby teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-“Oskar” taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi.

***

Coca-Cola Namangandagi korxona ustidan shikoyat qildi.

Kompaniya Namangan viloyatida joylashgan “Norin Bottlers” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Frutto Cola alkogolsiz ichimligining etiketkasidagi ba’zi belgilar Coca-Cola alkogolsiz ichimligining belgilari bilan o‘xshash ekanligini ma’lum qilib, qo‘mitadan ushbu holatni nohalol raqobat holati sifatida ko‘rib chiqishni so‘ragan.

***

111 mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish huquqi berildi.

Prezidentning ayrim hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, 111 ta mamlakat fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish huquqi berildi.

Ular buning uchun belgilangan summada ko‘chmas mulkni sotib olishi lozim.

***

Fattoh Shodiyev Xovos City’da 50 ta uy qurilishiga homiylik qilmoqda.

Sirdaryoda qurilayotgan Xovos City’dagi 50 ta ikki va uch xonali, ikki sotixli hovliga ega uylar qurilishi “Shodiyev Xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi” tomonidan homiylik asosida moliyalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют