WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQShda unitazdan chiqqan ilon erkakni chaqib oldi
AQShda unitazdan chiqqan ilon erkakni chaqib oldi
AQShning Florida shtatida bo‘g‘ma ilon unitazga kirib olib, erkakning qo‘lini chaqdi, deb xabar berdi Sun-Sentinel.
Voqea 26-may kuni sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 52 yoshli erkak hojatxonaga kirib unitaz qopqog‘ini ochgan paytda ilon chaqib olgan.
Jabrlanganga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Uzunligi 1,2 metr keluvchi ilon esa veterinar klinikasiga yuborilgan va unda infeksiya borligi aniqlangan.
Bo‘g‘ma ilon uzunligi 1,2—1,5 metrga yetadigan zaharsiz ilondir. U kichik sutemizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. U odamlarga xavf tug‘dirmaydi, shu sababli uy hayvoni safatida boqiladi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?