» » Jizzaxda bozor kochasidan otgan avtotransport egalaridan ozboshimchalik bilan pul talab qilgan zoravon sudlandi

Jizzaxda bozor kochasidan otgan avtotransport egalaridan ozboshimchalik bilan pul talab qilgan zoravon sudlandi


Jinoyat ishlari boyichaJizzax shahar sudida bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oqildi, deb xabar berdi Daryo manbasi.

Jizzax shahrida yashovchi aka-uka Ch.Davidov va E.Davidovlar (ismi-sharifi) ozgartirilgan, Jizzax shahar, Ulugbek mahallasidagi Kok bozor hududida joylashgan E.Bekmurodov kochasidan otgan avtomashinalardan noqonuniy ravishda pul olib keladi.

Kok bozor hududida tadbirkorlik bilan shugullanuvchi Ya.Qochqorovni oziga tegishli bolgan Damas rusumli avtomashinasida E.Bekmurodov kochasidan chiqib ketayotgan vaqtida Ch.Davidov undan avtomashinasi uchun pul berishni soraydi, Ya.Qochqorov unga nima sababdan pul berishi kerakligini, pul bermasligini aytganida, ozaro janjallashib qolib, Ch.Davidov Ya.Qochqorovni avtomashinadan tushirib, voqea joyiga yetib kelgan Ch.Davidovning ukasi E.Davidov bilan Ya.Qochqorovning duch kelgan joyiga urib, tepib Ch.Davidov qolidagi pichoqni unga tirab, agar pul bermasa pichoqni qorniga tiqib olishni aytib qorqitadi, shunda Ya.Qochqorov Ch.Davidovni itarib yuborishi natijasi Ch.Davidovning qolidagi pichoq Ya.Qochqorovning qollarini tilib ketadi, orada Ya.Qochqorovning otasi Y.Qochqorov ularni ajratmoqchi bolgan vaqtida Ch.Davidov qolidagi pichoq bilan Y.Qochqorovni ong qoli bilak sohasini tilib yuboradi, natijada Y.Qochqorovga tan jarohati yetkazadi.

Voqea joyiga yetib kelgan aholi ularni ajratib, Ya.Qochqorov olgan tan jarohati olgani sababli voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi yordam olish uchun kasalxona yuboriladi.

Aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlarning xatti-harakati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qozgatiladi.

Jinoyat ishlari boyicha Jizzax shahar sudi tomonidan Ch.Davidovning va E.Davidovlarga oid jinoyat ishi qorib chiqildi.

Sudda soralgan sudlanuvchilar, jarbrlanuvi va guvohlarning tushuntirishlari va ishda toplangan daliliy ashyolar bilan aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlar Kok bozor yonida joylashgan E.Bekmurodov kochasida kochani tamirlaganligini vaj qilib, ozboshimchalik bilan avtomashina egalaridan pul olib kelganligi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik qilganligi oz tasdigini topdi.

Jinoyat ishlari boyicha Jizzax shahar sudining hukmi bilan aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlar Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi (bezorilik) 3-qismining g bandida korsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, Ch.Davidovga 3 yil 6 oy , E.Davidovga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ch.Davidovning ozboshimchalik bilan Jizzax shahar E.Bekmurodov kochasiga kirgan avtomashina egalaridan ozboshimchalik bilan pul olganlik holati mamuriy huquqbuzarlik tariqasida korish uchun alohida ajratilib, mamuriy huquqbuzarlikka doir ish qozgatish uchun Jizzax shahar prokuroriga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 02:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -