» » Jizzaxda haydovchilardan noqonuniy pul undirib kelgan shaxslarga jazo tayinlandi

Jizzaxda haydovchilardan noqonuniy pul undirib kelgan shaxslarga jazo tayinlandi


Jizzaxda bozor ko‘chasidan o‘tgan avtotransport egalaridan o‘zboshimchalik bilan pul talab qilgan zo‘ravonlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahrida yashovchi aka-uka Ch.Davidov va E.Davidovlar (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) Jizzax shahar, “Ko‘k bozor” yonida joylashgan “E.Bekmurodov” ko‘chasida yo‘lni ta’mirlaganligini vaj qilib, shu yo‘ldan o‘tgan mashinalardan noqonuniy ravishda pul olib kelgan.

Ya.Qo‘chqorov o‘zining Damas mashinasida shu yo‘lgan o‘tayotganida undan ham pul berishini so‘ragan. Ya.Qo‘chqorov pul berishdan bosh torgan va o‘zaro janjal kelib chiqqan. Ch.Davidovning ukasi E.Davidov bilan Ya.Qo‘chqorovning duch kelgan joyiga urib, tepgan va pichoq tirab, pul bermasa pichoqni qorniga tiqib olishini aytib qo‘rqitgan.

Ya.Qo‘chqorov Ch.Davidovni itarib yuborishi oqibatida Ch.Davidovning qo‘lidagi pichoq Ya.Qo‘chqorovning qo‘llarini tilib ketgan. Ya.Qo‘chqorovning otasi Ya.Qo‘chqorov ularni ajratmoqchi bo‘lgan vaqtida Ch.Davidov qo‘lidagi pichoq bilan Ya.Qo‘chqorovni o‘ng qo‘li bilak sohasini tilib, tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyiga yetib kelgan aholi ularni ajratib, Ya.Qo‘chqorov olgan tan jarohati natijasida voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi yordam olish uchun kasalxona yuboriladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining hukmi bilan aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlar Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, Ch.Davidovga 3 yil 6 oy, E.Davidovga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ch.Davidovning o‘zboshimchalik bilan Jizzax shahar “E.Bekmurodov” ko‘chasiga kirgan avtomashina egalaridan o‘zboshimchalik bilan pul olganlik holati ma’muriy huquqbuzarlik tariqasida ko‘rish uchun alohida ajratilib, ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish qo‘zg‘atish uchun Jizzax shahar prokuroriga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют