» » Germaniyada 100 yoshli nafaqaxo‘r deputat etib saylandi

Germaniyada 100 yoshli nafaqaxo‘r deputat etib saylandi


26-may kuni Germaniyaning ayrim viloyatlarida hududiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakuniy natijasiga ko‘ra, Kirxxaymbolanden shahri mahalliy kengashiga 100 yoshli sobiq o‘qituvchi Lizen Xayze deputat etib saylandi, deb xabar beradi DW.

Lizen 911 ta ovoz to‘plab “Biz Kibo uchun” fuqarolik tashabbusi tomonidan shahar kengashining ikkita deputatidan biriga aylandi. Shaharda jami 7,8 ming kishi istiqomat qiladi. Lizen Xayze uzoq yillardan buyon qarovsiz qolib kelayotgan basseynni qayta ochilishiga erishish uchun siyosatga kirib kelgan. Uning aytishicha, basseyn uning uchun “yoshlik eleksiri” bo‘lib xizmat qilgan.

80 yil oldin Lizen Xayzening otasi ham Kirxxaymbolanden shahri kengashi a’zosi bo‘lgan. 1938-yilda mahalliy sinagoganing buzilishiga qarshi chiqqani sabab hibsga olingan. Do‘stlarining yordami bilan konslagerga jo‘natilishdan omon qolgan. Lizenning o‘zi esa an’anaviy siyosiy partiyalarga u qadar ishonch bildirmaydi.

“Men uchun muvaffaqiyat emas, bajargan amali muhim. Kuching bor ekan, ovoz berishing kerak”, — deydi 100 yoshni qarshilagan ayol.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют