» » Kelayotgan shanba kuni barcha uchun ish kuni bo‘ladi

Kelayotgan shanba kuni barcha uchun ish kuni bo‘ladi


1-iyun - shanba kuni, O‘zbekistondagi barcha xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi, deb yozadi huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

O‘zi bu kunda haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar shundoq ham ishga chiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olardi. Ammo 2018-yil 12-noyabr kuni Prezident farmoni asosida 1-iyundagi dam olish kuni 6-iyunga ko‘chirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun:

Yana bir bor ta’kidlayman, bu o‘zgarishlar faqat haftasiga 5 kun ishlovchilarga taalluqli. Shanba rasman ish kuni bo‘lgan (6 kunliklar) xodimlarga ushbu o‘zgarishlarning aloqasi yo‘q, ular doimgidek ishlayveradi.

“Hali aniq bo‘lgani yo‘g‘u, lekin mabodo 5-iyun, chorshanba - Ramazon Hayitining birinchi kuni sifatida e’lon qilinsa, unda 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 2 kun ketma-ket dam oladi. 6 kunliklar esa faqat Hayitning birinchi kuni dam olishadi, ular uchun har qanaqasiga ham 2 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘lmaydi”, — deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют