» » Ukrainada harbiy vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada harbiy vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi


Ukrainaning Rovenskaya viloyati Radivilovsk tumani Sestryatin qishlog‘i yaqinida Mi-8 armiya vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Halokat oqibatida to‘rt nafar ekipaj a’zosi va qo‘mondon halok bo‘ldi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviatsion halokat oqibatida to‘rt nafar ekipaj a’zosi va Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondoni halo bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, vertolyot bilan aloqa 29-may kuni yo‘qolgan.

Hozirgi paytda halokat joyida qutqaruv xizmati va huquq-tartibot organlari xodimlari ishlamoqda.

Halokat sabablariga oydinlik kiritilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют