» » Julian Assanj turma kasalxonasiga o‘tkazildi

Julian Assanj turma kasalxonasiga o‘tkazildi


WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Buyuk Britaniyaning Belmarsh turmasining kasalxona bo‘limiga o‘tkazildi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, tashkilot uning sog‘lig‘idan jiddiy tashvish bildirgan.

WikiLeaks ning qayd etishicha, Assanjning sog‘lig‘i Ekvador elchixonasida “inson asosiy huquqlariga mos kelmaydigan” sharoitda 7 yil o‘tkazganidan so‘ng yomonlashgan.

Jurnalist Per Samuelson advokatining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan juma kunida Assanj o‘zini yomon his qilganidan, “u bilan tuzukroq suhbat qurishning iloji bo‘lmagan”.

“Belmarshdagi yetti hafta davomida uning sog‘lig‘i yanada yomonlashgan, u juda ham ozib ketgan. Qamoqxona rahbariyatining uni tibbiy bo‘limga olish haqida qarori buning yaqqol isbotidir”, — deb qo‘shimcha qilgan tashkilot.

Assanjni ekstradatsiya qilish masalasi bo‘yicha sud eshittiruvi 30-may kuni Londonning Vestminster okrugidagi Magistrat sudida bo‘lib o‘tadi.

Shvetsiyada jinsiy zo‘ravonlik, nomusga tegishda ayblangan Assanj Skandinaviya mamlakatlariga ekstradatsiya qilinishidan qo‘rqib, 2012-yilning iyun oyidan beri Ekvador elchixonasida yashirinib yurgan.

U 2019-yilning11-aprelida Shvetsiya va AQSh orderlariga ko‘ra qo‘lga olingan. London sudi uni garov evaziga chiqish shartini buzganlikda aybdor deb topib, 11 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Sudlanuvchini AQShga ekstradatsiya qilish masalasi bo‘yicha sud eshittiruvi 2-may kuni boshlangan.

Hozirda sud AQShdan sudlanuvchini AQShga topshirish to‘g‘risida qaror chiqarishga imkon beruvchi to‘liq hujjatlar paketini kutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют