» » Rasman: “Inter” Spallettini iste’foga chiqardi

Rasman: “Inter” Spallettini iste’foga chiqardi


“Inter” bosh murabbiyi Luchano Spalletti iste’foga chiqdi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Milan klubi 60 yoshli mutaxassisning ketganini tasdiqladi va uning klub uchun singgan mehnatini yuqori baholadi.

Ma’lumot uchun, Spalletti “Inter”ni ikki yil mobaynida boshqarib keldi. Milanliklar uning qo‘l ostida ikkala mavsumda ham 4-o‘rinni egalladi va Yevropa Chempionlar Ligasiga saralash bosqichida ishtirok etib keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antonio Konte “nerradzurilar” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют