» » Endi O‘zbekistondagi OTMlar diplomlari Rossiyada tan olinadi

Endi O‘zbekistondagi OTMlar diplomlari Rossiyada tan olinadi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining diplomlari endi Rossiyada tan olinadi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Mazkur kelishuv bugun, 30-may kuni Rossiya hukumati bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bilan amalga oshirildi.

Rossiya tomonidan ushbu hujjatni Ilm-fan va oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Grigoriy Trubnikov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev imzoladi.

Shuningdek, Qo‘shma Komissiyaning Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasidagi birinchi uchrashuvidan so‘ng tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni faol rivojlantirish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют