» » Avtomototransport vositalari uchun kunduzi chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyligi qayta ko‘rib chiqilmoqda

Avtomototransport vositalari uchun kunduzi chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyligi qayta ko‘rib chiqilmoqda


IIV barcha avtomototransport vositalari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish shart qilib qo‘yilgani va bundan ko‘zlangan maqsad haqida izoh berdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bugun, 30-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Akramxon Boboxonov, IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbiddinxon Burxonov, IIV Yo‘l harakati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Erali Bozorov hamda vazirlikning boshqa mutasaddilari ishtirokida brifing va OAV vakillari bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda yo‘l harakati qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, xususan, barcha avtomototransport vositalari uchun kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish shart qilib qo‘yilgani va bundan ko‘zlangan maqsad haqida izoh berildi.

“Havo harorati +35 gradusdan +50 darajagacha bo‘ladigan BAA vaMalayziyada transport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish tartibi belgilangan, — deydi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Akramxon Boboxonov. — Shuningdek, yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanmaslik Shvetsiyada, milliy valyutamizda hisoblasak, 1 million 51 ming 836 so‘m, Chexiyada 732 ming 220 so‘m, Estoniyada 1 million 887 ming 510 so‘m, Ruminiyada 574 ming 829 so‘m jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi regulation.gov.uz saytida bir oydan ortiq vaqt davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. Loyiha bilan jami 571 ta fuqaro tanishgan, faqatgina 2 nafar odam kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish haqidagi moddaga e’tiroz bildirgan”.

A.Boboxonov “Yo‘l harakati qoidalari”ning 138-bandi (kunduzi chiroq yoqib yurish majburiyligi) qayta ko‘rib chiqilayotganini ham aytib o‘tdi. Bu esa jamoatchilik e’tirozlari asosli ekanini ham anglatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют