» » Mario Balotelli yana diskvalifikatsiya qilindi

Mario Balotelli yana diskvalifikatsiya qilindi


“Marsel” hujumchisi Mario Balotelli 4 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

28 yoshli futbolchi Liga 1’ning so‘nggi turidan o‘rin olgan “Monpelye” qarshi bahsda (1:0) raqib o‘yinchisi Daniel Kongrega qarshi qo‘pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolangandi.

Agar italiyalik “Marsel”da (Liga 1’da qolsa ham) qoladigan bo‘lsa, keyingi mavsumning dastlabki 4 ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Balotelli yakuniga yetgan mavsumda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют