» » Toshkentda egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

Toshkentda egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar qo‘lga olindi


Toshkentning Chilonzor tuman Ichki ishlar organlariga 29-may kuni egasi vafot etgan xonadonni sotgan firibgarlar haqida murojaat kelib tushgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, voqea 2018-yil 8-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Sergeli tumani Sputnik 8-dahada yashovchi 50 yoshli S.A., Chilonzor tumanida yashovchi 44 yoshli N.Ya. va 47 yoshli N.M. marhuma 72 yoshli Ye.L. ismli ayolni 2015-yilda vafot etganligini bila turib, uning nomidagi xonadon hujjatlarini qalbakilashtirgan.

So‘ng ushbu xonadonni Chilonzor tumanida yashovchi 34 yoshli N.U. ismli ayolga 22 500 dollarga firibgarlik yo‘li bilan sotib, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, firibgarlar qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 04:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют