» » 2019—2020-yillarda Samarqand shahrida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi tubdan rivojlantiriladi

2019—2020-yillarda Samarqand shahrida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi tubdan rivojlantiriladi


Samarqand viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida joylarda ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.

2018-yil Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat unitar korxonasi shahar va tuman filiallari tomonidan 28,8 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 70 kilometr oqova suv tarmog‘i ta’mirlandi. Buning evaziga yil boshida aholining toza ichimlik suv bilan ta’minlanish darajasi 65,8 foizga yetdi.

Joriy yil I chorak davomida 350 ming aholi oqova suv tarmog‘iga ulandi. Hozirda Samarqand shahri (60,7 %), Kattaqo‘rg‘on shahri (30,3 %) hamda Bulung‘ur tumanida (1,1 %) aholiga oqova xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Lekin ichimlik va oqova suv tarmoqlari ta’mirlangandan keyin ham undan ko‘p vaqt foydalanib bo‘lmayapti. Chunki o‘tgan asrda qurilgan tarmoqlar allaqachon eskirib, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Joylarda tez-tez ichimlik suv quvurlari yorilib ketishi oqibatida obi-hayotning samarasiz oqib yotish holatlari uning isrofgarchiligiga sabab bo‘lmoqda. Bunga baholi qudrat barham berish maqsadida 2022-yilda Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Sammiti o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi “Samarqand shahrida 2019—2022-yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, Samarqand shahrida so‘nggi ikki yilda ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘ini yaxshilash borasidagi rejalari belgilandi.

Unga asosan 2019—2020-yillarda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg‘armasining 2,6 milliard so‘m mablag‘i hisobidan Samarqand shahridagi Samarkand city turistik zonasi hududidan o‘tuvchi 0,9 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i ko‘chiriladi. 18,9 milliard so‘m sarflanib, Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidan Samarqand xalqaro aeroportigacha 6 kilometr masofada ichimlik suv tarmog‘i, Samarqand xalqaro aeroportidan Dahbed ko‘chasigacha 7,7 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i tortiladi. Buning uchun 11,2 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Lohutiy ko‘chasidan Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab 1,2 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 0,8 kilometrga kanalizatsiya tarmog‘i tortiladi. Shuningdek, Xo‘ja Ahror Valiy majmuasidan Gulobod ko‘chasi orqali Termiz ko‘chasigacha 6,2 kilometr masofaga kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi. Buning uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg‘armasining 10,7 milliard so‘m mablag‘i ajratilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют