» » Ichik ishlar vaziri o‘rinbosari: Rossiyada yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanmaganlik uchun jarima miqdori 65 ming so‘m etib belgilangan

Ichik ishlar vaziri o‘rinbosari: Rossiyada yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanmaganlik uchun jarima miqdori 65 ming so‘m etib belgilangan


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Akramxon Boboxonov Rossida kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish talabiga rioya qilmaganlik uchun 65 ming 275 so‘m jarima belgilanganini ta’kidladi. U bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida IIV tomonidan o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Brifingda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Akramxon Boboxonov xorijiy mamlakatlarda kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanish talabiga rioya qilmagani uchun belgilangan jarimalar miqdori haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, ma’lumotlar xorijiy davlatlar pul birligining hozirgi vaqtda Markaziy bank tomonidan belgilangan so‘mga nisbatan qiymatidan kelib chiqib hisoblangan.

“Shvetsiyada 1 mln 51 ming 836 so‘m, Chexiyada 732 ming 220 so‘m, Estoniyada 1 mln 887 ming 510 so‘m, Ruminiyada 574 ming 829 so‘m, Xorvatiyada 381 ming 231 so‘m, Rossiyada 65 ming 275 so‘m, Polshada 219 ming 43 so‘m, Maldovada 212 ming 904 so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Akramxon Boboxonov xorijiy mamlakatlarda belgilangan jarimalarni keltirishiga, ijtimoiy tarmoqlarda chet mamalkatlarda jarimalar eng kam oylik ish haqqidan kelib chiqish haqidagi fikrlarga javoban berilayotganini bildirdi.

“Dunyo mamlkatalarida belgilangan jarimalardan namunalarni ijtiomiy tarmoqlarda mutaxassislar tomonidan ‘chet mamlaktlarda belgilangan jarima o‘sha yurtning eng kam oylik ish haqqidan buncha marta kam’ degan fikrlarga javoban keltirmoqdaman”, — dedi u.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurish amaliyoti 47 yil avval Finlyandiyada joriy etilgan. Ushbu talab ayni vaqtda Yevropaning 65 ta mamlkatidan 25 tasida barcha avtomototransprot vositalari uchun majburiy etib belgilangan bo‘lsa, 15 tasida esa faqat mototransport vositalari uchun majburiydir. Qit’aning uchta davlatida mavsumiy va to‘rttasida tavsiyaviy xarakterga ega hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют