» » Rossiya eng kuchli sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ega “Proton” raketasini uchirdi (video)

Rossiya eng kuchli sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimiga ega “Proton” raketasini uchirdi (video)


Rossiyaning eng kuchli “Yamal-601” telekommunikatsiya sun‘iy yo‘ldoshi “Proton-M” raketa tashuvchisi yordamida Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Raketa tashuvchi start olganidan 10 daqiqa o‘tib, “Briz-M” o‘t oldirish bloki sun’iy yo‘ldosh bilan suborbital trayektoriyada “Proton-M” raketasidan ajraldi.

Kosmik kemani orbitaning kerakli nuqtasiga yetkazish “Briz-M”ning beshta dvigateli yordamida amalga oshirladi. Bu taxminan 9 soat vaqtni talab etadi.

“Yamal-601” sun’iy yo‘ldoshi Thales Alenia Space kompaniyasining Fransiyadagi bo‘linmasi tomonidan “Gazprom” AJ buyurtmasiga asosan yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют