» » Markos Alonso Madridga qaytadi

Markos Alonso Madridga qaytadi


“Chelsi” himoyachisi Markos Alonso Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi Yevropa Ligasi finalida “Arsenal”ga qarshi kechgan o‘yinda (4:1) zaxira o‘rindig‘ida qolib ketdi. Shu sababli u Ispaniya klubining taklifini qabul qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Atletiko” ikki oy avval ham 28 yoshli o‘yinchiga taklif bilan chiqqandi. Biroq Alonsoning Madridga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lganligiga qaramay, Madrid klubi “aristokratlar” biln transfer narxi borasida kelisha olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Alonsoning transferini “Chelsi”ga qo‘yilgan taqiq qiyinlashtirishi mumkin. London klubi voyaga yetmagan futbolchilar borasida transfer qoidalarini buzganligi uchun qishki transferlar oynasiga qadar futbolchi sotib olomaydi.

Ma’lumot uchun, Alonso Madridning boshqa bir klubi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 1) ( 84) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...