» » Samarqandda qarz sababli amakisini pichoqlagan yigit 18 yilga qamaldi

Samarqandda qarz sababli amakisini pichoqlagan yigit 18 yilga qamaldi


Samarqandlik yigit qarz sababli o‘z amakisini pichoqlab qo‘ydi. Zarnews’ning xabar berishicha, voqea Payariq tumani Devarak qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Shuhrat ismli erkak (ismlar shartli) Jizzax viloyatidan o‘z ota uyiga, ya’ni, Devarak qishlog‘iga qaytgan. Shu yerda uylanib, hovlining o‘ziga tegishli joyidan imorat qurgan.

Qishloqqa kelib moddiy tomondan o‘zini tiklab olganini ko‘rgan jiyani Alijon undan qarz so‘ragan. Amaki pulga muhtoj jiyaniga yo‘q demasdan so‘ragan pulini bergan. Biroq pulni olgan jiyan uni vaqtida qaytarmagan. Shuhrat bir necha bor qarzni so‘ragan. Ammo Alijon qaytarmasdan, paysalga solavergan.

Pulini yaxshilikcha ololmasligini bilgan Shuhrat qarzini qaytarmasa, xotini va qizlarini zo‘rlashi haqida tahdid va haqorat so‘zlari yozilgan xatni jiyanining uyiga tashlab ketgan. Alijon xatni amakisining bolalariga ko‘rsatib, unga tegishli ekaniga ishonch hosil qilgan.

Mast holga bo‘lgan Alijon pichog‘ini olib amakisidan qasd olish maqsadida uyiga borgan. Amakisini uyida topolmagach, uni qidirib qishloq qabristoni tomon yurganda yo‘lda uchratib qolgan. Ular o‘rtasida yana pul ustida o‘zaro janjal kelib chiqqan va Alijon amakisining qorniga, so‘ngra ko‘kragiga pichoq sanchgan.

Shuhrat voqea joyida vafot etgan. Qarzini bermaslik evaziga amakisining umriga zomin bo‘lgan Alijon sud hukmi bilan 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют