» » Saida Mirziyoyeva: Maktablarda mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb o‘ylaymiz

Saida Mirziyoyeva: Maktablarda mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb o‘ylaymiz


O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezidentning beshta tashabbusini hayotga samarali tatbiq etish masalasi xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilindi. Bu haqda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

“Kecha Prezidentimizning beshta tashabbusini hayotga samarali tatbiq etish masalasini xorijiy ekspertlar bilan muhokama qildik. Loyihaning strategik yo‘nalishlari, chet el tajribasi va undan foydalanish bo‘yicha fikr almashdik.

?

Yodingizda bo‘lsa, beshta tashabbusni, eng avvalo, maktablardan boshlash g‘oyasi ilgari surilgan edi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, ayrim joylarda sharoit og‘ir ekanligi, ko‘plab maktablar ta’mirtalab, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishini ko‘rdik.

?

Bu yildan boshlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi rejalashtirilgan. Lekin mavjud kamchiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali erta deb o‘ylaymiz.

?

Qisqasini aytganda - oldin sharoit, keyin talab.

Albatta, bu oson ish emas. Izdan chiqqan ta’lim tizimini tuzatish juda katta mablag‘, bir necha yil vaqt va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Bu yo‘lda xatolar ham bo‘lishi mumkin, chunki bu jarayon. Biroq hozir shu ishlarni boshlamasak, ertaga masala yanada murakkablashadi.

?

Xullas, bu yo‘lda barchamiz hamjihat bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Mutassadi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegishli takliflar kiritildi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют