» » Xorazm viloyatida xotin-qizlarning Innowomenweek innovatsiya haftaligi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida xotin-qizlarning Innowomenweek innovatsiya haftaligi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan xotin-qizlarning innovatsion loyihalarini joriy etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik hamda ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish maqsadida 27-may—1-iyun kunlari Innowomenweek innovatsiya haftaligi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi “Daryo”ga xabar berdi.

Xorazm viloyatida o‘tkazilayotgan Innowomenweek haftaligi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Medicalwomenuz forumi, ko‘rgazma va o‘quv seminari, Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiti Urganch filialida Technowomenuz forumi, ko‘rgazma va o‘quv seminari, Xorazm Ma’mun Akademiyasi va Urganch davlat universitetida Agrowomenuz forumi, ko‘rgazma va o‘quv seminar o‘tkazildi.

Medicalwomenuz forumida xotin-qizlarning tibbiyot va farmatsevtika sohalarida erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish, sohadagi yangiliklar, innovatsion texnika va texnologiyalardan xabardorligini oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Technowomenuz forumida muhandis hamda dasturchi xotin-qizlarni salmog‘ini va ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Agrowomenuz forumida xotin-qizlar tomonidan agrar sohada amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha olingan natijalar tahlil qilinib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish, ularni eksportga yo‘naltirish hamda sohaga invectitsiyalar jalb qilish masalalari muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 17:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют