» » Syurixda odamlar garovga olindi, qurbonlar bor

Syurixda odamlar garovga olindi, qurbonlar bor


Syurixda noma’lum erkak tomonidan odamlarning garovga olinishi uch kishining o‘limi bilan tugadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 60 yoshli erkak qurol yordamida 34 va 38 yoshli ikki ayolni garovga olib, xonadonga bekingan va ularni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Tez orada voqea joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelib, hududni o‘rab olgan. Tomonlarning muzokaralari uch soat davom etgach, erkak bir necha daqiqadan keyin taslim bo‘lishini ham aytgan. Ammo kutilmaganda o‘q tovushlari eshitilgan, so‘ng politsiyachilar binoga shiddatli hujum bilan kirgan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, erkak ayollarni va o‘zini o‘ldirgan. Shifokorlar ularni qutqara olmadi.

Ayni paytda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Erkakning maqsadlari hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют