» » Navoiyda ota-ona bolasini harbiy maktabga joylashtirish uchun “Mehribonlik uyi”ga topshirdi

Navoiyda ota-ona bolasini harbiy maktabga joylashtirish uchun “Mehribonlik uyi”ga topshirdi


Da’vogar Navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi (SHXTMFMTTEB) Vasiylik va homiylik organi voyaga yetmagan Komil Rustamovning (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) manfaatida sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, Komilga nisbatan ota-onasi Salim Rustamov va Salima Rustamovalarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishni so‘ragan. Bu haqda Oliy sud “Daryo”ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, Salim va Salima qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurgan, ularning qaramog‘ida 5 nafar, shu jumladan 2004-yilda tug‘ilgan Komil Rustamov ismli farzandi tug‘ilgan.

Javobgarlar Vasiylik va homiylik organiga ariza bilan murojaat qilib, ularning oilaviy sharoitlari og‘ir bo‘lganligi sababli 2004-yil 21-iyunda tug‘ilgan Komildan voz kechishlarini va bolani “Mehribonlik uyi”ga joylashtirishni so‘ragan.

Navoiy shahar hokimining 2013-yil 4-iyuldagi qaroriga asosan javobgarlarning ushbu arizalari qanoatlantirilib, Komil Navoiy shahar “Mehribonlik uyi”ga joylashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan “Mehribonlik uyi to‘g‘risida”gi Nizomning 13-bandiga ko‘ra, mehribonlik uyiga kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarning bolalari, faqat otasi yoki onasi bor bo‘lgan bolalar ushbu oilalarni bir yilgacha muddatda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqtinchalik qabul qilinadi.

Sudda er-xotin Rustamovlar ishtirok etib, ularga mazkur Nizom talabiga asosan bolalari faqatgina bir yil muddatga “Mehribonlik uyi”ga joylashtirilganligi, ular bolasini olib ketishi va o‘zlari tarbiyalashi, bolaga ota-onalik mehri zarurligi, agar bola olib ketilmasa Oila Kodeksining 79-moddasi talabidan kelib chiqqan holda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi va bolasining ta’minoti uchun aliment undirilishi ma’lum qilingan. Ammo ular moddiy yetishmovchiligi sababli farzandidan voz kechishini va ota-onalik huquqidan mahrum qilishga rozi ekanliklarini aytgan.

Shu sababli sud tomonidan ish qonuniy tartibda ko‘rilib, hal qiluv qarori qabul qilingan va er-xotin Salim Rustamov va Salima Rustamova voyaga yetmagan farzandiga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Ulardan Komilning foydasiga aliment undirish va alimentni voyaga yetmagan Komilning nomiga ochilgan bank hisob varag‘ida jamg‘arib borish belgilangan.

Sud qaroriga asosan Salim Rustamov va Salima Rustamovadan aliment undirish belgilanganidan so‘ng, ular ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, bolalari davlat qaramog‘ida bo‘lsa, nima sababdan aliment to‘lashli kerakligini vaj qilib, sud qarori ustidan shikoyat keltirgan.

Viloyat sudi kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan sudning hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi. Sababi bolani moddiy tomondan ta’minlash ota-onaning majburiyati bo‘lib, Oila Kodeksining 81-moddasiga muvofiq, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o‘z bolasiga nisbatan ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib, ular ota-onalik huquqini tiklab, bolalarini ularga qaytarib berishni so‘rab sudga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, er-xotin Rustamovlar “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga beriladigan imtiyozlardan foydalangan holda farzandini “Mehribonlik uyi”ga joylashtirish orqali maxsus harbiy maktabga o‘qishga joylashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют