» » O‘zbekiston Liga Kubogi. “Bunyodkor” va “Paxtakor”da mag‘lubiyat, “Nasaf”da esa yirik g‘alaba

O‘zbekiston Liga Kubogi. “Bunyodkor” va “Paxtakor”da mag‘lubiyat, “Nasaf”da esa yirik g‘alaba


31-may, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogining 1-turi doirasida 3 ta o‘yin yakunlandi.

Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” a’zosi Sergey Proxorov o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (0:1).

Shu tariqa toshkentliklar musobaqaning dastlabki turida “Metallurg”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qildi.

Bellashuv davomida mehmon jamoa vakillari Marko Milich (24), Temur Usmonov (43), Murod Xolmuhammedov (45) va Suhrob Berdiyev (90) urgan gollar Qo‘qon klubining “sherlar” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (4:0).

Kunning so‘nggi o‘yinida Qarshining “Nasaf” klubi Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda maydon egalari a’zolari Humoyun Murtozayev (21, 22), Umar Eshmurodov (50 — penalti) va Xudoyorxon Sa’dullayev (89) tomonidan urilgan gollar “Nasaf”ga g’alaba keltirdi (4:0).

Ta’kidlash joiz, Namangan klubining ikki nafar o‘yinchisi Aziz Ibragimov (23-daqiqa) hamda G‘iyos Komilov (80-daqiqa) raqib o‘yinchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.

O‘zbekiston Liga Kubogi

1-tur bahslari

31-may, juma

Gol: 1:0 — 10, avtogol, Sergey Proxorov

Gollar: 0:1 — 24 Marko Milich, 0:2 — 43 Temur Usmonov, 0:3 — 45 Murod Xolmuhammedov, 0:4 — 90 Suhrob Berdiyev

Gollar: 1:0 — 21 Humoyun Murtozayev, 2:0 — 22 Humoyun Murtozayev, 3:0 — 50, penalti, Umar Eshmurodov, 4:0 — 89 Xudoyorxon Sa’dullayev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют