» » Buxoroda “Xalqaro matematika maktabi” tashkil etiladi

Buxoroda “Xalqaro matematika maktabi” tashkil etiladi


Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda, bu haqda Xalq ta’lim vazirligining axborot xizmati xabar qiladi.

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorini muhokama uchun e’lon qildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga “Xalqaro matematika maktabi” maqomini berish taklif etilmoqda.

Xalqaro maktab umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar hamda chet tillarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish, shuningdek o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish bo‘yicha amaliy ish olib boradi.

Har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish Xalqaro maktabning vazifalariga kiradi.

Maktabga yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mamlakatlardan tajribali o‘qituvchilarni jalb etiladi.

Shu bilan birga, ta’lim muassasasi o‘quvchilarda iqtidor va iste’dodni aniqlash hamda kamol toptirish maqsadida ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlaydi.

Respublikadagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga umumiy metodik yordam ko‘rsatish maktablarning vazifalari sirasiga kiritish taklif etilmoqda.

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 5-uyda joylashgan Qorako‘l sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Xalqaro maktabga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishi rejalashtirilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilidan Xalqaro maktabning 7-sinfiga 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Xorijiy mamlakatlardan matematika faniga qiziquvchi iqtidorli o‘quvchilarning shartnoma asosida ta’lim olishiga imkoniyat yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Xalqaro maktabda o‘quvchilarga yanada chuqurroq bilim berish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari va o‘qitish metodikasini singdirish uchun xorijiy mamlakatlardan o‘qituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.

2019—2020-o‘quv yilidan boshlab Xalqaro maktab direktori, o‘rinbosarlari va o‘qituvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan 100 foiz qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Xalqaro maktabga oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog-kadrlarni jalb etishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 08:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют