» » Saakashvili Zelenskiyga yordam berish uchun Ukrainaga qaytganini ma’lum qildi

Saakashvili Zelenskiyga yordam berish uchun Ukrainaga qaytganini ma’lum qildi


Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainaga prezident Vladimir Zelenskiyga yordam berish niyatida qaytganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Rejam — Zelenskiy jamoasiga har tomondan maslahat, tarjibam bilan yordam berish. Chunki ushbu prezidentning muvaffaqiyati butun mamlakat muvaffaqiyatidir”, — deydi Saakashvili.

Uning ta’kidlashicha, Zelenskiyga prezident lavozimidagi ishida muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, u hech kimdan qasos olish niyatida emas, chunki uning qo‘lidan “faqatgina qurish” keladi. Shu bilan birga siyosatchi oldingi prezident jamoasi vakillari qonun oldida javob berishlariga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28-may kuni Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют