» » Saakashvili Putinni “troll” deb atadi

Saakashvili Putinni “troll” deb atadi


Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Rossiya prezidentining bayonotiga munosabat bildirdi, deb xabar berdi “MK.ru”.

Vladimir Putin o‘z bayonotida Kiyevning yangi hukumatidan Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarishni so‘ragan edi. Rossiya yetakchisi Saakashvilining fuqarolikdan mahrum etilishi va yangi vatanidan quvg‘in qilinishini noqonuniy deb atagan.

Gruziyalik siyosatchi bunga javoban ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, Putin 2017-yilning yakunida Ukraina prezidenti Poroshenkodan Saakashvilini mamlakatdan chiqarib yuborishni “baralla talab qilgan” va Poroshenko uning aytganini qilgan. U, shuningdek, Putin 2014-yilgi Ukraina prezidenti inauguratsiyasiga gruziyalik sobiq hamkasbini chaqirmaslikni so‘raganini ham “aniq biladi”.

Bundan tashqari, Saakashvilining ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Turkiya, Armaniston va Ozarbayjondan quvg‘inga uchragan gruziyalikni qabul qilmaslikni talab qilgan.

“Putin — yap-yangi troll”, — deb yozdi Saakashvili. “Biz ukrainaliklar bilan o‘zimiz kelishib olamiz!”, — deya qo‘shimcha qilgan gruziyalik siyosatchi.

Ukraina prezidenti etib saylangan Vladimir Zelenskiy saylovoldi kampaniyasi davomida Mixail Saakashvilini yaxshi maslahatchi deb hisoblagani uchun unga Ukraina fuqaroligini qaytarish va uni ish bilan ta’minlashga tayyor ekanligiga ishora qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют