» » Saakashvili unga Gruziya fuqaroligi qaytarilishini talab qildi

Saakashvili unga Gruziya fuqaroligi qaytarilishini talab qildi


Mixail Saakashvili Gruziyaning siyosiy hayotida qatnasha olishi uchun unga mamlakat fuqaroligi qaytarilishini talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Saakashvili o‘z bayonotida mamlakat prezidenti Georgiy Margvelashvilini qo‘rqoq deb atagan va shuning uchun uni fuqarolikdan mahrum qilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar prezidentda ozroq jasorat va insoniylik bo‘lsa, u Saakashviliga fuqaroligini qaytarishi kerak.

Saakashvilining aytishicha, uni qonun buzilishi orqali fuqarolikdan mahrum qilishgan. Bunda u nima uchun nodavlat tashkilotlar unga prezidentlik saylovlariga qatnashishga huquq berilmayotgani uchun jim turganini so‘ragan.

Gruziya prezidenti ma’muriyati sobiq prezidentning so‘zlarini haqiqatdan yiroq deb atagan. Unga ko‘ra, Saakashvili so‘nggi yillar ichida birinchi marta unga fuqarolikni qaytarishni so‘radi.

Ma’muriyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezident Margvelashvili Saakashvilidan Gruziya fuqaroligini olib qo‘ymagan va u buni yaxshi biladi. U ongli ravishda shaxsan o‘zi Ukraina fuqaroligi uchun Gruziya fuqaroligidan voz kechgan. Shu vaqt ichida u biror marta fuqarolikni qaytarishni so‘rab murojaat qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют