» » Prezidentlikka sobiq nomzod, XDP Markaziy kengashi raisi Hotamjon Ketmonov lavozimidan ozod etildi

Prezidentlikka sobiq nomzod, XDP Markaziy kengashi raisi Hotamjon Ketmonov lavozimidan ozod etildi


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, Ketmonovning o‘rniga Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Inoyatov tayinlandi.

Hotamjon Ketmonov 2013-yildan buyon XDPni Markaziy kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgandi. Hotamjonov ketma-ket ikki marta — 2015 va 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida XDP partiyasidan nomzod sifatida qatnashgandi.

Ulug‘bek Inoyatov esa 2018-yil iyunda Xalq ta’limi vaziri lavozimidan bo‘shatilib, Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют