» » Samarqandda 10 kunlik kelinchak eri tomonidan tuqqan onasi ham tanimaydigan darajada kaltaklangan holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi

Samarqandda 10 kunlik kelinchak eri tomonidan tuqqan onasi ham tanimaydigan darajada kaltaklangan holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi


30-may kuni Bulung‘ur tumanining “Mingtepa” MFYda yashovchi Zuhra Umarova tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, Zuhra Umarova Qodirjon G‘aniyev bilan 2019-yilning 18-may kuni nikohdan o‘tib, turmush qurgan va birgalikda yashab kelgan. 30-may kuni tungi soat 03:30 atrofida Qodirjon G‘aniyev mast holatda Bulung‘ur tumani “Mingtepa” MFY “Tinchlik” qishlog‘idagi yashash uyida, oilaviy kelishmovchiliklar sababli, turmush o‘rtog‘i Zuhra Umarovani urib, tan jarohati yetkazgan.

Tuman tibbiyot birlashmasining 30-may kunidagi ma’lumotnomasida Zuhra Umarovaga “bosh miya chayqalishi, boshning o‘ng tepa sohasida urilib, yirtilgan jarohat, ikkala ko‘z atrofi va burun sohasi lati” kabi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

– Ushbu holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan guvohlardan tushuntirish xati olinib, holatga oydinlik kiritilmoqda. Hozirda Qodirjon G‘aniyev Samarqand viloyati narkologiya dispanseriga yotqizilgan, — deydi Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova. – Zuhra Umarovaning tan jarohatlarini og‘irlik darajasini aniqlash uchun sayyor tartibda sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Zuhra Umarova turmush o‘rtog‘i Qodirjon G‘aniyevga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qilmasligini bayon qilgan. Ushbu holat yuzasidan xolislar ishtirokida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan, deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют