» » O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda dam olgan sayyohlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda dam olgan sayyohlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi


Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibragim Junusov yaqinda “Toshkent—Tomchi—Toshkent” (Issiq-ko‘l) yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari tiklangani haqida ma’lum qilgan edi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha reyslar 27-iyundan boshlab A-320 samolyoti orqali haftada bir marta payshanba kunlari amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1,5 soatni tashkil etib, belgilangan joyga qisqa fursatda yetib borish imkonini beradi.

“Ushbu aviareysdan 2017-yilda O‘zbekistonning mingdan ortiq sayyohlari foydalangan”, — deb qayd etgan Junusov.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasida o‘zbekistonlik sayyohlar uchun transport logistikasini yaxshilash maqsadida boshqa tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2019-yilning 6-iyunidan boshlab yo‘lovchi “Toshkent—Bishkek—Baliqchi—Bishkek-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish qayta tiklanadi.

“Shuningdek, yozgi sayyohlik mavsumi uchun ‘Toshkent—Bishkek—Cho‘lpon-Ota—Issiqko‘l’ yo‘nalishi bo‘ylab avtobus qantovini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda ‘O‘sh—Toshkent—O‘sh’ yo‘nalishi bo‘yicha aviareys ham paydo bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan elchi.

Qayd etilishicha, 2018-yilda O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 3 295 804 nafar (2017-yilda — 380 mingdan ortiq) odam borgan. Shu tariqa, O‘zbekistonlik Qirg‘izistonda dam olgan sayyohlar soniga ko‘ra Rossiya va Qozog‘iston sayyohlarini ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют