» » Janubiy Koreyaga ishga ketishni xohlovchi o‘zbekistonliklar uchun yangi tartiblar e’lon qilindi

Janubiy Koreyaga ishga ketishni xohlovchi o‘zbekistonliklar uchun yangi tartiblar e’lon qilindi


1-iyun kuni O‘zbekiston fuqarolarini keyinchalik Janubiy Koreyada ishga joylashtirish uchun koreys tili bo‘yicha test sinovidan o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ochiq taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, EPS-TOPIC imtihoniga kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik subyektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan o‘tdi (to‘liq ro‘yxat — bu yerda).

EPS-TOPIC’ga kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 1-iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi. EPS-TOPIC’ga kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollarni bu yerda ko‘rish mumkin.

EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Janubiy Koreyada ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali ma’lumot olishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyada ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют