» » O‘zbekiston kompaniyasining Coca-Cola reklamasidan ko‘chirilgan roligi efir va ijtimoiy tarmoqlardan olindi

O‘zbekiston kompaniyasining Coca-Cola reklamasidan ko‘chirilgan roligi efir va ijtimoiy tarmoqlardan olindi


O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga The Coca-Cola Company’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan mahalliy NMedov kompaniyasi The Coca-Cola Company’ga tegishli videorolikka “aynan o‘xshash” videorolikdan foydalanayotgani haqida murojaat tushgan. Qo‘mita ushbu murojaatni o‘rganib, uning natijalari haqida axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, NMedov o‘zi ishlab chiqaryotgan Pankie mahsulotini reklama qilishda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasini buzgan, o‘z navbatida The Coca-Cola Company’ning mualliflik huquqi buzilishiga olib kelgan. Aniqlanishicha, bahsga sabab bo‘lgan videorolik ilk bor 2016 yilda namoyish etilgan va mualliflik huquqi The Coca-Cola Company’ga tegishli.

Qo‘mita “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning nohalol raqobat talablariga asoslangan holda NMedov kompaniyasiga Pankie muzqaymog‘i bilan bog‘liq reklama roligini ishlab chiqish va namoyish etish bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida xabardor qilgan.

Nmedov tomonidan qo‘mitaga taqdim etilgan ma’lumotda, mazkur holat bo‘yicha jiddiy o‘rganish o‘tkazilgani, natijada tushunmovchilik sababli ushbu holatga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilingan. NMedov’ning videoroligi televideniye tarmoqlari, internetdagi ijtimoiy sahifalardan olib tashlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют