» » Toshkentda haydovchini kunduzi chiroq yoqib yurish haqidagi gapi uchun to‘xtatgan PPX xodimi hayfsan oldi

Toshkentda haydovchini kunduzi chiroq yoqib yurish haqidagi gapi uchun to‘xtatgan PPX xodimi hayfsan oldi


Avvalroq internetda PPX xodimi ishtirokida yuz bergan voqea tasvirlangan video tarqalgan. Unda bir mashina haydovchisi kunduzi chirog‘ini yoqmay ketayotgan PPX mashinasi haydovchisiga: “Yangi qoida sizlarga taalluqli emasmi?” qabilida savol bergan, PPX haydovchisi esa yo‘q degandek qilib, savol bergan haydovchiga mashinani chekkaga olish haqida buyruq bergan.

IIBB matbuot xizmatidan Kun.uz’ga xabar berishlaricha, hodisada ishtirok etgan xodim Toshkent shahar IIBB tizimidagi PPX brigadasida ishlaydi. “Qonun barcha uchun barobar. Hamma xodimlar kunduzgi vaqtda mashinalarida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishi shart”, — deya ta’kidlagan bosh boshqarma matbuot xizmati vakili.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisadan so‘ng shaxsiy tarkib bilan suhbat o‘tkazilgan. Unda xodimlarga fuqarolar bilan qo‘pol muomalada bo‘lishga yo‘l qo‘yish kerak emasligi tushuntirilgan. Haydovchini to‘xtatgan PPX xodimi hayfsan olgan va unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. “PPX brigadasining barcha shaxsiy tarkibi qo‘pol munosabatda bo‘lish borasidagi har bir holat bo‘yicha ta’sir choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi”, — deya qayd etib o‘tgan IIBB vakillari.

Bundan tashqari, xodimlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, shu jumladan, yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib yurish haqida yana bir bor eslatilgan. Xodim yo‘l harakati qoidalarining buzilishi uchun qaysi holat va sharoitlarda jazoga tortilmasligi ham bildirib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют