» » “Liverpul” “Tottenhem”ni taslim qilib, Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi (video)

“Liverpul” “Tottenhem”ni taslim qilib, Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2018/2019-yilgi mavsumi final uchrashuvi 1-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Final bahsida Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” klubi Madridda Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq “mersisaydliklar” yetakchisi Muhammad Saloh 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Divok Origi 87-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “qizillar” musobaqa finalida “shporlar” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, “Liverpul” bungacha besh marta ushbu musobaqa bosh sovriniga ega chiqqandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Final bahsi

1-may, shanba

Gollar: 0:1 — 2, penalti, Saloh, 0:2 — 87 Origi

“Tottenhem”: Lyoris, Alderveyreld, Rouz, Trippiyer, Vertongen, Alli (Lyorente, 82), Uinks (Lukas Moura, 66), Sissoko (Dayer, 74), Eriksen, Son Hyon Min, Keyn

“Liverpul”: Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Henderson, Fabinyo, Veynaldum (Milner, 62), Mane (Gomes, 90), Saloh, Firmino (Origi, 58)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют