» » Fotogalereya: Stiven Kingning uyi qayerda joylashgan va qanday ko‘rinishda

Fotogalereya: Stiven Kingning uyi qayerda joylashgan va qanday ko‘rinishda


Stiven Kingning ijodi bilan tanish bo‘lmagan odam bo‘lmasa kerak. Hatto uning kitoblarini o‘qimagan odam ham “Shoushenkdan qochish”ni bir necha marta ko‘rgan. Yaqinda kinoteatrlarda “Uy hayvonlarining qabristoni” filmi qo‘yildi. Kuzda esa “U” filmining 2-qismi chiqadi. Aslida o‘sha qabriston haqiqatan mavjudligini bilasizmi? Axir masxaraboz Pennivayz yashaydigan Derri shaharchasini tasvirlay turib, Stiven King o‘zi yashaydigan Bangor shahrini nazarda tutgan. AdMe “Dahshatlar qiroli”ning uyi haqida bir qancha ma’lumotlar to‘pladi.

Men shtatidagi Bangorning eng diqqatga sazovor joyi bu Stiven Kingning uyi. Yozuvchi bu uyni rafiqasi bilan 80-yillarda sotib olgan va shundan beri ko‘p vaqtini uyda o‘tkazadi. Faqatgina qishda iliq havoga ega Floridaga boradi.

Tashqaridan Kingning uyi dahshatli filmlardagi uylarga o‘xshaydi. Uy 1870-yilda qurilgan. Atrofida ko‘rshapalaklar va ajdarholar bor. Yozuvchining muxlislari bu uyning oldidan shunchaki e’tibor bermay o‘tib ketolmaydi.

Dastlab uy oddiy bo‘lgan. Hech qanday qo‘rqinchli tarixga ega emas. Ko‘rshapalak, ajdarho va o‘rgimchaklarni Kingning o‘zi darvozaga qo‘shgan. Keyinchalik esa bu ishidan pushaymon bo‘ldi. Chunki bunday bezaklar uyga ko‘proq sayyohlarni jalb qila boshladi.

Uyning ichi tashqaridan turib taxmin qilinganidan ancha katta. Unda 6 ta yotoqxona, 5 ta vannaxona, basseyn va 3 ta mashina sig‘adigan garaj bor. Stivenning ishlaydigan xonasi binoning orqa qismida joylashgan. Yo‘ldan uning derazalari ko‘rinmaydi.

Agar ko‘chadan turib bu uyga qaralsa, uning qanchalar katta ekanini bilish qiyin. Bunda bizga sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan surat yordam beradi.

Uyning maydoni 460 kvadrat metrdan kam emas.

Stiven va uning rafiqasi Tibeta begonalardan uy ichini berkitishga urinadi. To‘g‘ri, Stiven ba’zan uy hayvonlarining rasmini ommaga taqdim etib turadi. Shunga qarab odamlar uyning ichi haqida xulosa chiqaradi.

Masalan, ushbu rasm 2 ta ma’lumot beradi: birinchidan, yozuvchining uyida kitoblar ko‘p, ikkinchidan, u korgi zotli itlarni sevadi.

Stiven Kingning uyida dahshatli filmlardagi kabi joylar bormi? Ehtimol. U o‘zining Twitter sahifasida kuchukchasi Mollini mana bunday o‘yinchoq bilan suratini joylagan.

Ba’zan bu uyda g‘alati narsalar sodir bo‘ladi. Masalan, “U” filmining premyerasidan oldin derazada qizil pufak paydo bo‘lgan. Uni kim yopishtirganini hatto King ham bilmaydi.

“Pufakni men osmadim! Biz Teddi bilan shtatning g‘arbiy qismidagi do‘stimiznikida mehmondamiz. Buni kim qilganini bilmadim-u, ammo men qarshi emasman”, — deydi Stiven King.

Romanlarida yozuvchi Bangor yaqinida joylashgan Derri nomli shaharchani tasvirlaydi. Kingning o‘zi Derri to‘qima shahar emasligini tan olgan. Uni tasvirlash chog‘ida, King o‘zi yashaydigan Bangor shahrini nazarda tutgan.

“Uy hayvonlari qabristoni” filmi ham Bangorda suratga olingan. Aniqrog‘i, shahardagi Mount Hope qabristonidan foydalanilgan. Quyidagi suratda esa — Stiven King o‘sha filmdagi mushuk bilan suratga tushgan.

Yozuvchining uyi joylashgan shaharda 33 ming kishi yashaydi. Ularning har biri mashhur qo‘shnilari borligini biladi. Stiven Kingni shuchaki supermarketda yoki xiyobonda sayr qilib yurganida ko‘rib qolish mumkin. Mahalliy aholi 90-yillarda King bolalar basketbol jamoasiga murabbiylik qilganini va ularni hech qachon yengilmaslikka o‘rgatganini yaxshi eslaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют