» » Muborak oydagi mo‘jiza: Andijonda asalarilar uyasida Alloh yozuvi aks etdi (video)

Muborak oydagi mo‘jiza: Andijonda asalarilar uyasida Alloh yozuvi aks etdi (video)


Andijon viloyati Jalaquduq tumanining Diydor ko‘chasida yashovchi 19 yoshli asalarichi Javohir Nasriddinov muborak Ramazon oyida g‘aroyib hodisaning guvohi bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion-tahliliy ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Javohirning asalarilari arab tilidagi Alloh yozuvini aks ettirgan holda uya qurgan.

“15 yoshimdan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanaman. Hozirda 6 ta oilani parvarishlayapman. Bundan besh kun avval ular tomonidan yaratilgan shaklni ko‘rib, darhol suratga oldim. Qo‘rg‘ontepa tuman masjidiga borib, imom bilan uchrashdim va suratni ko‘rsatdim. Masjid vakillari bu arabcha yozuv ekanligini tasdiqlashdi”,— deydi 19 yoshli asalarichi Javohir Nasriddinov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют