» » Muborak tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Muborak tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri pora bilan qo‘lga tushdi (video)


Qashqadaryo viloyati Muborak tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tezkor xabarlar” dasturida ma’lum qilindi.

Muborak tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Olim Xayrullayev o‘qituvchi O‘tkirovani 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ingliz tili o‘qituvchisi vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga undan 2,4 million so‘m olayotgan vaqtida prokuratura organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan ushlandi.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют