» » Dmitriy Medvedev: Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza joriy etishni rejalashtirmayapti

Dmitriy Medvedev: Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza joriy etishni rejalashtirmayapti


Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza joriy etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“Agar O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, munosabatlarimiz hamisha sheriklik darajasida bo‘lgan. Ammo qaysidir davrda ular rivojlanishdan to‘xtadi. Hozir esa O‘zbekiston Prezidenti va hukumati iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish kursini oldi. Shu bois biz juda mamnunmiz”, — dedi Medvedev “Rossiya” telekanalining “Vesti v subbotu” ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Bosh vazirga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza kiritishni rejalashtirmayapti, chunki migratsiya oqimini tartibga soluvchi boshqa usullar mavjud.

“Misol uchun tashkillashtirilgan tartibda migrantlarni yuborish va boshqa usullar. Har holda, bu borada ishlar amalga oshirilmoqda”, — dedi Medvedev



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют