» » Messi Ronalduning YChLdagi gegemonligiga nuqta qo‘ydi

Messi Ronalduning YChLdagi gegemonligiga nuqta qo‘ydi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi 2018/19-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Bu haqda UEFAning rasmiy saytida xabar berildi.

31 yoshli argentinalik 10 ta uchrashuvda 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. To‘purarlar bahsida uning eng yaqin ta’qibchisi Robert Levandovski (“Bavariya”) hisobida 8 ta uchrashuvda 8 ta gol mavjud.

Shu bilan birga Messi “Yuventus”da to‘p surayotgan Krishtianu Ronalduning mazkur musobaqadagi gegemonligiga nutqa qo‘ydi.

Portugaliyalik “Real” safida ketma-ket 6 marta Yevropa Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purariga aylangandi. Qayd etish joiz, 2014/15-yilgi mavsumda Ronaldu, Messi va Neymar 10 tadan gol urib, eng yaxshi to‘purar nomini bo‘lishib olgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 7 marta eng yaxshi to‘purarga aylangan bo‘lsa, Messi 6 marotaba mazkur nomga ega chiqqan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют