» » “Liverpul” 7 yil deganda ilk marta sovrin yutdi

“Liverpul” 7 yil deganda ilk marta sovrin yutdi


“Liverpul” Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Tottenhem”ni mag‘lub etdi (2:0).

Bu “mersisaydliklar”ning 7 yil ichidagi ilk sovrini hisoblanadi.

So‘nggi bor “Liverpul” 2012-yilda Angliya Liga Kubogi finalida “Kardiff”ni yutgandi (2:2, penaltilar seriyasi — 3:2).

Bunga qadar jamoa 4 marta finallarda ishtirok etdi — Angliya Kubogi (2012), Liga Kubogi (2016), Yevropa Ligasi (2016) va Yevropa Chempionlar Ligasi (2018).

Eslatib o‘tamiz, murabbiy Yurgen Klopp 2015-yildan buyon “Liverpul”da ishlab keladi. Qayd etish joiz, bu germaniyalik mutaxassisning “qizillar” bilan qo‘lga kiritgan ilk sovrinidir.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют