» » “Liverpul” YChL sovrinlari soni bo‘yicha “Barselona” va “Bavariya”ni ortda qoldirdi

“Liverpul” YChL sovrinlari soni bo‘yicha “Barselona” va “Bavariya”ni ortda qoldirdi


“Liverpul” Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Tottenhem”dan ustun keldi (2:0).

Madridning “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “qizillar” hujumchilari Muhammad Saloh hamda Divok Origi bittadan golga mualliflik qildi.

“Mersisaydliklar” mazkur musobaqada oltinchi marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bunga qadar klub 1977, 1978, 1981, 1984 va 2005-yillarda ushbu sovringa ega chiqqandi.

“Liverpul” qo‘lga kiritilgan g‘alabalar soni bo‘yicha faqatgina “Real” va “Milan”dan ortda qolmoqda. “Qirollik klubi” 13 marta ushbu musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, “rossonerilar” hisobida 7 ta sovrin mavjud. 5 tadan sovringa ega chiqqan “Barselona” va “Bavariya” esa keyingi pog‘onlarni qayd etib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют