» » Fotogalereya: Dunyoning eng zo‘r dizaynga ega avtobus bekatlari

Fotogalereya: Dunyoning eng zo‘r dizaynga ega avtobus bekatlari


Avtobus bekatlari oldidan deyarli hamma har kuni o‘tadi. Uning dizayni, mozaykalari, shakli turli mamlakatda turlicha. Design Curial dunyodagi eng zo‘r dizaynga ega avtobus bekatlarining suratlarini yig‘di.

Foto: Pierre Terre

Joylashgan joyi: Norvich, Norfolk, Buyuk Britaniya

Maykl Spayser tomonidan dizaynlashtirilgan. Uning bargsimon shakli katta hududni pana qilib turadi. Bino 2005-yilda foydalanishga topshirilgan.

Dizayn: RVDM Arquitectos

Joylashgan joyi: Portugaliya

Rikardo Vieira de Melo RVDM Arquitectos’da ishlab yurgan paytlari dizaynlashtirgan.

Bekatga 96 ta avtobus sig‘adi. Bundan tashqari yana bemalol harakatlanishi uchun ancha joy ham ortib qoladi.

Joylashgan joyi: Niderlandiya

Rotterdam usulida qurilgan ushbu me’morlik namunasi ko‘pchilikni lol qoldirgan. Kitning og‘iz shaklida qurilgan. Rangi esa olovrang.

Arxitektor: Grimshou kompaniyasi arxitektorlari

Joylashgan joyi: Stoke-on-Trent, Staffordshir, Buyuk Britaniya

2010-yilda bo‘lib o‘tgan tanlovda Grimshou arxitektorlari g‘olib bo‘lgan va shahar markazida quriladigan avtobus bekatini dizaynini yaratish huquqini olgan.

Arxitektor: Sou Fujimoto

Joylashgan joyi: Krumbax, Vorarlberg, Avstriya

Brenden avtobus bekati Serpentayn pavilyonining dizayneri  Sou Fujimoto tomonidan 2013-yil  dizaynlashtirgan.

Dizayn: Bblur Architecture kompaniyasi

Joylashgan joyi: Slou, Buyuk Britaniya

Dizayn: Blunck + Morgen arxitektorlari

Joylashgan joyi: Gamburg, Germaniya

2009-yilda Yil binosi mukofotini qo‘lga kiritgan.

U o‘zida 8 ta avtobus ko‘rfazini jamlagan.

Arxitektorlar: Zurab Tsereteli

Joylashgan joyi: Abxaziya, Gruziya

Ushbu bekat kanadalik fotograf Kristofer Hervig tomonidan Sobiq Ittifoqdagi 12 yillik sayohati davomida suratga olingan.

Arxitektorlar: Ensamble Studio

Joylashgan joyi: Krumbax, Vorarlberg, Avstriya

Ushbu avtobus bekati Anton Garsia-Abril va Debora Mesa tomonidan Madrid ansambllari uslubida dizaynlashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют