» » Tramp: AQSh kompaniyalari Meksikani tark etishi mumkin

Tramp: AQSh kompaniyalari Meksikani tark etishi mumkin


Amerika kompaniyalari Meksika rasmiylari AQShga noqonuniy migratsiyaga chek qo‘ymagan taqdirda mamlakatni tark etadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Trampga ko‘ra, Meksika ikki davlat chegarasidagi migratsiya bilan bog‘liq murakkab holatni muhokama etish uchun katta delegatsiyani yubormoqda.

“Muammo shundaki, ular 25 yildan beri bu haqda gapirib keladi. Biz gapirishni emas, harakat qilishni istaymiz. Ular istasa chegaradagi muammoni bir kunda hal qiladi. Aks holda kompaniyalarimiz va ish o‘rinlarimiz AQShga qaytadi”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter‘dagi sahifasida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют