» » Gaagadagi xalqaro sudda Ukrainaning Rossiyaga qarshi navbatdagi da’vosi ko‘rib chiqilmoqda

Gaagadagi xalqaro sudda Ukrainaning Rossiyaga qarshi navbatdagi da’vosi ko‘rib chiqilmoqda


Gaagadagi BMTning xalqaro sudida bugun, 3-iyun kuni Ukrainaning Rossiyaga qarshi navbatdagi da’vo arizasi ko‘rib chiqiladi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.

Da’vo arizasi ikki yil avval berilgan edi.

Kiyev Moskvani birdaniga ikki konvensiyani buzishda ayblamoqda. Bular terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi hamda irqiy tensizlikning barcha shakllarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyalar.

Dastlabki ayblovni Ukraina Rossiyaning noqonuniy qurolli guruhlarni og‘ir qurol va mablag‘ bilan ta’minlayotgani bilan asoslaydi. Ushbu holatda Ukrainada terroristik tashkilotlar hisoblanuvchi Donetsk va Lugansk respublikalari nazarda tutilmoqda.

Ikkinchi ayblov esa Qrimdagi qrim-tatarlar va ukrainaliklarning “chidab bo‘lmas ahvoli” bilan izohlanadi.

Rossiya ham o‘z navbatida ushbu ish bo‘yicha xalqaro sudda yurisdiksiya mavjud emasligini isbotlaydi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi konvensiyalar bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida bahsli vaziyat mavjud emasligini ta’kidlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют