» » Shavkat Mirziyoyev: Ohangarondagi maishiy chiqindilar poligoni to‘lib qoldi

Shavkat Mirziyoyev: Ohangarondagi maishiy chiqindilar poligoni to‘lib qoldi


Davlat rahbari Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy va kommunal sohalarga oid masalalarga alohida e’tibor qaratdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

“Viloyatda aholining 64 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangani jiddiy muammo. Amalda bu ko‘rsatkich 40—50 foiz darajasida. Bo‘ka, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari va Nurafshon shahrida 30 foizga ham bormaydi. Sizlar kabinetda qanday o‘tirasizlar?” - dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Bu muammoni hal etish maqsadida joriy yilda 440 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari va 301 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi qiymati 144 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi doirasida qurilish ishlari boshlangan.

Viloyatda dolzarb bo‘lgan yana bir muammo ekologiya bilan bog‘liq. Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga to‘lgan. Shuning uchun bu poligonni yopib, yangisini qurish kerak. Bu ekologiya tozaligi, aholi salomatligi uchun muhim masala”, - dedi davlat rahbari.

Umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari, ichki yo‘llar bilan bog‘liq muammolarni ham tezkor hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют