» » Qarshi shahrida viloyat tarixida birinchi marotaba gullar va qushlar sayli bo‘lib o‘tdi

Qarshi shahrida viloyat tarixida birinchi marotaba gullar va qushlar sayli bo‘lib o‘tdi


2-iyun kuni Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida viloyat tarixida birinchi marotaba gullar va qushlar sayli bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Gullar va qushlar saylida viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar ishtirok etib, gul ekish va parvarish qilishdagi mehnatini namoyish etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev gullar sayli Qashqadaryo tarixida birinchi marotaba o‘tkazilayotganini, shunga qaramasdan gullar shahri bo‘lmish Namanganda kuni kecha 59-marotaba o‘tkazilgan gullar bayramidan qolishmagan holda tashkil etishga harakat qilinganini ta’kidlab, bu borada Namangan viloyatidan o‘rnak olish lozimligini bildirdi.

— Bu sayl biz uchun o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini o‘tab berajak, — deydi saylda “Eng tashabbuskor xalq ta’limi bo‘limi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shuhrat Ro‘ziyev. – Demakki, kelajakda bundayin gullar va qushlar bayramini tez-tez o‘tkazib turishimiz lozim ekan.

Sayl yakunida tashabbuskor hokimliklar va tashkilotlar rag‘batlantirildi.

Gullar va qushlar saylida shuningdek oxirgi 20–30 yil davomida viloyatda istiqomat qilayotgan, ammo o‘tgan yillar davomida fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan 60 nafar qashqadaryolikka fuqarolik pasporti ham topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют