» » Namanganda an’anaviy “Gullar bayrami”ga hozirlik ko‘rilmoqda

Namanganda an’anaviy “Gullar bayrami”ga hozirlik ko‘rilmoqda


Namanganda 1961-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Gullar bayrami”ga hozirlik ko‘rilmoqda.

Bu yil 59-marotaba o‘tkazilayotgan ushbu bayram 26-maydan 1-iyunga qadar davom etadi. Uni 26-may kuni gullar bilan bezatilgan 100 dan oshiq avtomobillar karvoni boshlab beradi.

Namanganga xos bo‘lgan “Gullar bayrami”ni xalqaro bayramga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, o‘tgan yili bayramda ishtirok etish uchun Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Gollandiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston singari ko‘plab davlatlardan mehmonlar keldi.

Shu paytgacha bayramda asosan namanganlik gulchilar qatnashgan bo‘lsa, bu yil Toshkent, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan ham 30 nafardan ziyod mohir gulchi o‘z ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Bayramda 150 nafardan ortiq gulchi-tadbirkor, 100 dan ortiq korxona va tashkilot tomonidan gullar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. O‘tgan yili bayramda gullardan kompozitsiyalar yaratish uchun Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga 3,5 million tup gul ko‘chati ekilgan edi. Bu yil ularning soni 5 milliondan oshib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют